РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda Top Gear France epizodi suratga olinadi
20.09.2024

Oʻzbekistonda Top Gear France epizodi suratga olinadi

Oʻzbekistonda Top Gear France epizodi suratga olinadi

Oʻzbekistonda mashhur Top Gear France shousining maxsus sonini suratga olish rejalashtirilmoqda. Kino jarayoni tafsilotlarini muhokama qilish uchun BBC Studios delegatsiyasi sentyabr oyi oxirida mamlakatga keladi.

Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev Parijga amaliy tashrifi davomida BBC Studios France ijrochi prodyuseri Djek Tomas-Richard bilan uchrashdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Fransiya tomoni Oʻzbekistonning Parijdagi elchixonasi bilan hamkorlikda dunyoga mashhur Top Gear France avtoshousining Oʻzbekistonga bagʻishlangan maxsus sonini suratga olish boʻyicha tegishli ishlar boshlanganini va u 2024-yil oxirigacha davom etishini maʼlum qildi.

Ushbu loyihani batafsil muhokama qilish maqsadida joriy yil sentyabr oyi oxirida BBC Studios France delegatsiyasining mamlakatga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.