РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda turistlarga bepul sim-kartalar taqdim etiladi
02.10.2024

Oʻzbekistonda turistlarga bepul sim-kartalar taqdim etiladi

Oʻzbekistonda turistlarga bepul sim-kartalar taqdim etiladi

2025-yildan mamlakatda turizmning yangi turlari joriy etiladi. Bundan tashqari, Samarqand xalqaro aeroportida Tourist map portali sinov tarzida ishga tushiriladi.

Oʻzbekistonda turizmning yangi turlarini joriy etish hamda mamlakat turizm salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan hukumat qarorida qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, 2025-yildan turizmning yangi turlari, jumladan, sanoat, geologiya, ilmiy, harbiy hamda davlat-boshqaruv turizmi joriy etiladi.

Sanoat turizmi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishga qaratilgan. Geologiya turizmida oltin va ruda kabi mineral resurslar qazib oluvchi konlar, shaxtalar, faoliyat yuritmayotgan geologik obyektlariga tashrif, togʻ jinslarini portlatishda masofadan kuzatish hamda togʻ releflari boʻyicha ekskursiyalar tashkil etiladi.

Ilmiy turizmda ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylarga tashriflar orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishtiriladi.

Harbiy turizm harbiy tarix va faoliyat bilan bogʻliq joylarga tashrif, yodgorliklar, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan tanishish, turistlarga oʻq otish boʻyicha pulli xizmatlar tashkil qilishni nazarda tutadi.

Shuningdek, davlat-boshqaruv turizmi siyosiy hayot, davlat organlari va tashkilotlarning tarixi, hukumat bino va inshootlariga tashrif buyurishni oʻz ichiga oladi.