Oʻzbekistonda YouTube sekinlashgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqa foydalanuvchilari Oʻzbekistonda YouTube faoliyati sekinlashganidan shikoyat qila boshladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Uztelecom kompaniyasi bu maʻlumotni rad etdi. YouTube uzilishlarsiz ishlashda davom etmoqda.
Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi YouTube faoliyatida uzilishlar kuzatilganini rad etdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Sherzod Axmatov xabar berdi.
Rossiyadagi cheklovlar Oʻzbekistonga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi: YouTube normal rejimda ishlamoqda. Xabarda taʼkidlanishicha, Rossiyada videoxosting tezligining pasayishi bilan bogʻliq vaziyat Oʻzbekistonga biror bir taʼsir oʻtkazmagan.
“Agar YouTube bir mamlakatda sekinlashsa, bu Oʻzbekistonda ham sekinlashadi degani emas”, — deb taʼkidladi masʼul shaxs. Shunga qaramay, koʻplab foydalanuvchilar videoxosting faoliyati sekinlashganini va doimiy ravishda toʻxtab qolayotganini taʼkidlamoqda.
Uztelecom ham holatga munosabat bildirdi. Kompaniya matbuot kotibi Timur Mamajonovga koʻra, hozirda barcha telekommunikatsiya xizmatlari odatdagidek koʻrsatilmoqda. Tarmoq faoliyatida hech qanday uzilishlar booʻlmagani maʻlum qilindi.