Oʻzbekistonga elektromobillar importi yil boshidan buyon maksimal darajaga yetdi
Avtomobillarning katta qismi Xitoy tomonidan yetkazib berilgan boʻlib, avgust oyidan Qozogʻiston ham mamlakatga elektromobil import qilishni boshladi.
Joriy yilning sakkiz oyi davomida Oʻzbekistonga umumiy qiymati 166,8 million dollar boʻlgan 12 913 ta elektromobil import qilingan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Ulardan 10,8 million dollarlik 2471 dona elektromobil avgust oyida yetkazib berildi.
Oʻzbekistonga elektromobillarning katta qismi Xitoydan yetkazib beriladi. Yanvar oyidan boshlab import hajmi 12 840 ta avtomobilni, jumladan avgust oyida 2 363tani tashkil etdi — bu barcha importning 99,4 foizini tashkil etadi.
Qozogʻiston ikkinchi oʻrinni egallab, 22 ta elektromobil yetkazib berdi. Avgust oyi oʻzbekistonlik yetkazib beruvchilar qoʻshni davlatdan elektromobil import qilgan birinchi oy boʻldi.
Uchinchi oʻrinni 15 ta mashina bilan Gonkong egallagan boʻlsa, toʻrtinchi oʻrinni 12 ta mashina bilan Germaniya egalladi.
Yozning soʻnggi oyida ikki davlatdan bittadan mashina olib kelingan. Shuningdek, yil boshidan buyon mamlakatga BAAdan 10 ta, AQSHdan 9 ta elektromobil olib kirildi.