РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonliklar Hamster Kombat tokenlarini sotishi mumkinmi?
26.09.2024

Oʻzbekistonliklar Hamster Kombat tokenlarini sotishi mumkinmi?

Oʻzbekistonliklar Hamster Kombat tokenlarini sotishi mumkinmi?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat oʻyinidan olingan HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodoʻkonda sotish mumkinligini maʼlum qildi. Kriptoaktivlar aylanmasi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat oʻyini va uning HMSTR kriptoaktivlari bilan bogʻliq savollarga javob berdi.

Xususan, ILMA oʻzbekistonliklar bunday oʻyinlarda listing jarayonidan oʻtgan kriptoaktivlarni qanday qilib qonuniy ravishda sotib olishi yoki sotishi mumkinligi, fuqarolar ushbu kriptoaktivlar bilan qanday va qayerda operatsiya qilishi mumkinligini tushuntirdi.

Spotʼning yozishicha, The Hamster Foundation mini-ilovasi ishlab chiquvchilari tomonidan chiqarilgan token 131 million oʻyinchi oʻrtasida taqsimlanadi. HMSTRning umumiy emissiyasi 100 milliard tokenni tashkil etadi, shundan 20-sentyabr kuni yakunlangan birinchi mavsum natijalariga koʻra oʻyinchilarga 60 milliard tokenlar tarqatiladi. Hamster Kombat listingi (tokenni birja roʻyxatiga kiritish) haqida allaqachon Binance, OKX, Bybit, Bitget va yana bir nechta ikkinchi eshelon kriptosavdo platformalari eʼlon qildi. Ularning aksariyati pre-market platformalarida HMSTR dastlabki savdolarini allaqachon boshlagan.

Coinmarketcap portali maʼlumotlariga koʻra, token #32195 raqamli yagona kripto-aktiv identifikatorini (UCID) oldi. 26-sentyabr kuni u Binance kriptobirjasida muomalaga kiradi.

“Qabul qilingan HMSTR tokenlarini faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat koʻrsatuvchi provayderlar orqali, agar ular kripto-birja kotirovka roʻyxatiga yoki kripto-doʻkonning savdo savatiga kiritilgan boʻlsa, xarid qilish yoki sotish mumkin boʻladi”, — deyiladi ILMA xabarida.

Agentlik ushbu turdagi tokenlar juda oʻzgaruvchan boʻlib, aksariyat hollarda foydali funksionalligi yoʻqligi sababli roʻyxatga kiritilgandan soʻng qisqa vaqt ichida qadrsizlanishini takidlagan.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda kriptoaktivning turi yoki nomidan qatʼi nazar, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qonunchilik darajasida belgilangan.

Agentlik tomonidan fuqarolar hushyor boʻlishga va loyiha boʻyicha norasmiy axborot manbalari orqali olingan maʼlumotlarga ishonmaslikka, shuningdek, firibgarlik sxemalari qurboniga aylanmaslik uchun ushbu tokenlarni sotib olish/sotish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqirildi.