РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonliklar oʻlimga olib keladigan Marburg virusidan himoyalanishga chaqirildi
10.10.2024

Oʻzbekistonliklar oʻlimga olib keladigan Marburg virusidan himoyalanishga chaqirildi

Oʻzbekistonliklar oʻlimga olib keladigan Marburg virusidan himoyalanishga chaqirildi

29-sentyabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 28-sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan.

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.

Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning koʻplab mamlakatlarida bilan bir qatorda Oʻzbekistonda ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan Sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.

Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:

  • Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
  • gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini koʻrish, qoʻshimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan toʻliq foydalanish;
  • gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda boʻlmaslik;
  • kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
  • kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qoʻllash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yoʻq qilish;
  • infeksiya boʻyicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari  tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda, fuqarolarga jiddiy xavotirga oʻrin yoʻqligi maʼlum qilingan.