Oʻzbekistonliklar sentyabr oyida 11 kun dam oladi
3-sentyabr ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilangan. 1-sentyabr, Oʻzbekiston Mustaqillik kuni yakshanba kuniga toʻgʻri kelgani bois bayram 2-sentyabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.
2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi prezident farmoni bilan sentyabr oyida qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunini nishonlash munosabati bilan mamlakatimiz aholisi ish haftasi turidan qatʼi nazar, ketma-ket toʻrt kun — 31-avgust, 1, 2 va 3-sentyabr kunlari dam oladi.
3-sentyabr ish haftasining turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilangan. 1-sentyabr, Oʻzbekiston Mustaqillik kuni yakshanba kuniga toʻgʻri kelgani bois bayram 2-sentyabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.
Shu tariqa, Oʻzbekistonda besh kunlik ish haftasiga ega ishchilar sentyabr oyida 11 kun dam oladi.