/
/
Oʻzbekistonning barcha hududlarida plogging aksiyasi oʻtkaziladi
14.08.2024

Oʻzbekistonning barcha hududlarida plogging aksiyasi oʻtkaziladi

Aksiyada ishtirok etish orqali kelajak avlod uchun pok va sogʻlom hayot muhitini yaratishga ham xizmat qilish mumkin.

Oʻzbekistonning barcha hududlarida plogging aksiyasi oʻtkaziladi

Oʻzbekistonning barcha hududlarida 15−25-avgust kunlari Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorligida plogging aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiyada ishtirok etish orqali nafaqat ona tabiatni himoya qilishga hissa qoʻshish, balki kelajak avlod uchun pok va sogʻlom hayot muhitini yaratishga ham xizmat qilish mumkin.

Ushbu havola orqali chiqindi tozalash aksiyasi oʻtkaziladigan joylar bilan tanishib chiqish mumkin. Plogging aksiyasida ishtirok etish uchun esa ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.