РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 41,1 mlrd dollardan oshdi
08.10.2024

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 41,1 mlrd dollardan oshdi

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 41,1 mlrd dollardan oshdi

Sentyabr oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

1-oktyabr holatiga koʻra, mamlakat zaxiralari bir oyda 1,95 milliard dollarga oshib, 41,14 milliard dollarni tashkil etdi. Bu maʼlumotlar eʼlon qilina boshlanganidan keyingi davr uchun eng yuqori koʻrsatkichdir.

Buning asosiy sababi oltin zaxiralarining oʻsishi bilan bogʻliq boʻldi. Oʻz navbatida, uning qiymati ham rekord koʻrsatkichini yangiladi — 31,86 milliard dollar yoki oʻtgan oyga nisbatan 1,46 milliard dollarga koʻp.

Shu bilan birga, zaxiralarning sof hajmi oldingi daraja — 12 million troya unsiyada (373,2 tonna) oʻzgarishsiz qoldi. Erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutadagi aktivlar hajmi 516,3 million dollarga oshib, sentyabr oyi oxirida 8,7 milliard dollarni tashkil etdi.

Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi 518,2 million dollarga oshib, 8,67 milliard dollarga yetdi. Shundan 378,7 million dollari boshqa Markaziy banklar va XVFda, qolgan 8,29 milliard dollari esa boshqa xorijiy moliya institutlarida saqlanadi.