верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzgidromet iyunni eng issiq iyun oylari beshligiga kiritdi
06.07.2024

Oʻzgidromet iyunni eng issiq iyun oylari beshligiga kiritdi

Oʻzgidromet iyunni eng issiq iyun oylari beshligiga kiritdi

Yoz faslining birinchi oyi — iyun ham tugadi. XXI asrdagi koʻpgina iyun oylari kabi bu faslning birinchi oyi ham issiq boʻldi. Oʻrtacha oylik harorat meʼyordan 1-2,5 darajaga koʻp boʻldi.

Oʻzbekiston hududining katta qismida 2024-yil iyun oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi.

Toshkentda oʻtgan iyun oyi 2021 va 2023-yillarning iyun oylaridan soʻng uchinchi oʻrinni egalladi, ular meʼyordan 2,8-3,2 darajaga issiqroq boʻldi.

Oy davomida harorat foni deyarli tekis boʻlishi qayd etildi. Oʻzbekiston hududining katta qismida iyun oyida maksimal harorat asosan 32-37 daraja, janubda va choʻl hududlarda 36-41 daraja atrofida boʻldi.

Eng issiq ob-havo 27-28-iyun kunlari kuzatildi. Ushbu kunlarda harorat 39-41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 42-43 darajagacha koʻtarildi.

Bu iyun oyi uchun eng yuqori harorat qiymatlari emas. Iyun oyidagi maksimal havo harorati rekordlari 42-44o ni, janubda va choʻl hududlarda 45-47o ni tashkil etadi.

Toshkentda 154-yillik meteorologik kuzatuvlar uchun 1914-yil iyun oyining mutlaq maksimal harorati 43,0o boʻlib qoldi. Koʻpincha yoz faslida kuzatilgani kabi, 2024-yil iyun oyida yogʻingarchilik juda notekis boʻldi.

Oʻzbekiston hududining katta qismida oʻtgan iyun oyi ekstremal quruq oy deb tavsiflanishi mumkin. Oy davomida yogʻingarchilik miqdori 0,0-4 millimetrni, ayrim joylarda 6-11 mm gachani tashkil etdi.

Faqat Andijon, Fargʻona viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolida yomgʻir yogʻishi jadalroq boʻldi. Oy davomida yogʻingarchilik miqdori baʼzi joylarda 15-22 millimetrga yetdi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻirlar tez-tez kuzatildi va ayrim kunlarda yomgʻir kuchli — bir necha soat ichida 10-20 millimetrgacha boʻldi.

Bir oy davomida yogʻingarchilikning umumiy miqdori 25-35 millimetrga yetdi, Fargʻona viloyati togʻlarida va Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarining baland togʻli hududlarida 60-100 millimetrgacha boʻlishi kuzatildi.

Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Fargʻona viloyatlarining ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarida jala yomgʻirlar hisobiga sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha esdi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim jylarida shamolning kuchayishi 22-25 metr/sekundga yetdi. Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida shamolning koʻchayishi changli boʻronlar bilan qayd etildi, koʻrinuvchanlik 1000 metrgacha yomonlashdi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.