РУ
O’Z
UZS
/
/
Ozon Oʻzbekiston boʻylab tarqatish punktlarini ochishga arizalar qabul qilmoqda
16.10.2024

Ozon Oʻzbekiston boʻylab tarqatish punktlarini ochishga arizalar qabul qilmoqda

Ozon Oʻzbekiston boʻylab tarqatish punktlarini ochishga arizalar qabul qilmoqda

Toshkentda marketpleysning birinchi saralash markazi ish boshladi. Kompaniya mamlakatning yana uchta nuqtasida ham bu kabi logistika markazlarini ochishni rejalashtirmoqda.

Rossiyaning Ozon onlayn tijorat kompaniyasi Oʻzbekistondagi birinchi saralash markazida ishlarni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

16-oktabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan “Central Asia Retail Weyek–2024” xalqaro forumining ishbilarmonlik dasturi doirasida Ozon va Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida tovar aylanmasi hajmini, mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan. Tomonlar Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlamoqchi.

“Bu yangi eksport ufqlarini ochadi va Oʻzbekistonning xalqaro bozorlardagi oʻrnini mustahkamlashga yordam beradi. Hamkorlik orqali mahalliy tadbirkorlarga yangi bozorlarga chiqishga va marketpleysda aylanmani oshirishga yordam beramiz”, — deydi Ozon boshqaruvchi direktori oʻrinbosari Vladimir Goncharevich.

Xususan, elektron savdo sohasida oʻquv dasturlari, qoʻshma konsultatsiya va tadbirlar oʻtkazish hamda axborot va reklama kampaniyalarini ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Ozon Oʻzbekistonda logistika infratuzilmasini ishga tushirishini eʼlon qildi. Shu bilan birga, kompaniya Toshkentdagi birinchi saralash markazida ishlarni yoʻlga qoʻydi.