31.08.2024
Para yengil atletikachi Elbek Sultonov oltin medalni qoʻlga kiritdi
Muallif
Mahkamov Humoyun
Sportchi faoliyatidagi shaxsiy rekordini yangilab, Paralimpiada oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi. U 16.45 metrga yadro uloqtirgan.
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.
Ushbu yoʻnalishda startga chiqqan oʻzbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.
Qayd etish lozimki, ushbu natija sportchining faoliyatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi.
Avvalroq para yengil atletikachilar Asila Mirzayorova hamda Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayevlar Paralimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan edi.