01.09.2024
Para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi


Muallif
Mahkamov Humoyun
Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, Oʻzbekiston delegatsiyasiga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Erkaklar oʻrtasida F57 klassida nayza uloqtirish bahslari yakunladi. Unda ishtirok Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, Oʻzbekiston delegatsiyasiga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.
Shu tariqa delegatsiya hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi (5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza). Hozirda Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 7-oʻrinda bormoqda. Yana bitta medal bilan 6-oʻringa chiqish mumkin.
O‘xshash mavzular
Diyora Keldiyorova: dzyudochi qizning biografiyasi, medallari va shaxsiy hayoti. U qanday qilib “Elle” muqovasiga chiqdi?
13-fevral uchun munajjimlar bashorati: Tarozilar shoshilinch qarorlar qabul qilmagani maʼqul, Qovgʻalarni esa kutilmagan istiqbollar kutmoqda
Ob-havo maʼlumoti: 13-fevral kuni harorat +15 boʻladi