/
/
Paralimpiya-2024. Kubaro Hakimova kumush medalni qoʻlga kiritdi
30.08.2024

Paralimpiya-2024. Kubaro Hakimova kumush medalni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova Para yengil atletika boʻyicha 10.36 metr natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi va navbatdagi kumush medalni delegatsiya hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Paralimpiya-2024. Kubaro Hakimova kumush medalni qoʻlga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.

Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish boʻyicha bahslar yakunlandi.

Ushbu yoʻnalishda startga chiqqan oʻzbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova 10.36 metr natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi va navbatdagi kumush medalni delegatsiya hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Ushbu yoʻnalishda qatnashgan yana bir sportchi Madina Muxtorova 8.10 metr natija qayd etdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.

Paralimpiya bahslarining birinchi kunida para suzuvchi Muslima Odilova bronza medalini, para taekvondochi Ziyodaxon Isoqova esa kumush medalini qoʻlga kiritgan edi.