/
/
Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi
09.09.2024

Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi

Paralimpiya bahslarida 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.

Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilgan yozgi Paralimpiya bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Paralimpiya bahslarida 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.

Milliy Olimpiya Qo‘mitasi binosida Paralimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 10 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Oltin medal sohiblariga:

  • 200 ming AQSH dollari;
  • Tahoe avtomobili;
  • 2 qavatli kottedj.

Kumush medal sohiblariga:

  • 100 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
  • Uy.

Bronza medali sohiblariga:

  • 50 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
  • Uy.