/
/
Paralimpiya. Jahon rekordini yangilagan Nurxon Qurbonova oltin medalni qoʻlga kiritdi
07.09.2024

Paralimpiya. Jahon rekordini yangilagan Nurxon Qurbonova oltin medalni qoʻlga kiritdi

Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Paralimpiya. Jahon rekordini yangilagan Nurxon Qurbonova oltin medalni qoʻlga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi.

Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Maʼlumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish boʻyicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning oʻziga tegishli edi. Sportchi joriy yil Yaponiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20,73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻlgan edi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 10 taga yetdi va bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.