/
/
Parij-2024: Olimpiada gʻolib va sovrindorlari kutib olindi
13.08.2024

Parij-2024: Olimpiada gʻolib va sovrindorlari kutib olindi

13-avgustga oʻtar kechasi Toshkent xalqaro aeroportida 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan bir guruh sportchilar kutib olindi. Ularga pul mukofoti, avtomobil va uy sovgʻa qilingan.

Parij-2024: Olimpiada gʻolib va sovrindorlari kutib olindi

Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar yetib keldi. Ularni bosh vazir Abdulla Aripov va Senat raisi Tanzila Norboyeva kutib olgan.

Foto: Telegram / @xushnudbekuz

Chempionlar korteji shahar boʻylab harakat qildi. Oʻzbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan delegatsiya Milliy Olimpiya qoʻmitasiga bordi. Shundan soʻng Parij-2024 qahramonlari prezident sovgʻalarini qabul qilib oldi.

Foto: Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati

Milliy Olimpiya Qoʻmitasi binosida Olimpiadada gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun 8 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovgʻa qilindi.

Shuningdek, chempionlarga prezident sovgʻasi sifatida uy ham berildi.

Oltin medal sohiblariga:

  • 200 ming AQSH dollari;
  • Tahoe avtomobili;
  • 2 qavatli kottej.

Kumush medal sohiblariga:

  • 100 ming AQSH dollari;
  • BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
  • Uy.

Bronza medali sohiblariga:

  • 50 ming AQSH dollari;
  • BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
  • Uy.

Kutib olish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ mutasaddilari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi rasmiylari, muxslislar, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ham ishtirok etgan.