/
/
Parij-2024: Ulugʻbek Rashitov yarim finalga chiqdi
08.08.2024

Parij-2024: Ulugʻbek Rashitov yarim finalga chiqdi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ulugʻbek Rashitov taekvondochilarning Pari-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli yurishini boshlab berdi.

Parij-2024: Ulugʻbek Rashitov yarim finalga chiqdi

Milliy Olimpiya qoʻmitasi taekvondochi Ulugʻbek Rashitov ilk davradagi jangini muvaffaqiyatli oʻtkazganini maʼlum qildi.

68 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida harakatlanuvchi spotchiga ikkinchi bosqichda gonkonglik taekvondochi Lo Vai Fung raqiblik qilgan.

Gonkonglik taekvondochidan har tomonlama yaqqol ajralib turgan Oʻzbekiston vakili 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Rashitov chorak finalda Liang Yushuai bilan jang oʻtkazdi. Teng kurashlar ostida kechgan jangda hamyurtimiz chempionlik uchun daʼvogar ekanini isbotladi va gʻolib boʻldi.