РУ
O’Z
UZS
/
/
Parkinson kasalligiga chalingan xonanda Jasur Jabborov tuzaldi
07.07.2024

Parkinson kasalligiga chalingan xonanda Jasur Jabborov tuzaldi

Parkinson kasalligiga chalingan xonanda Jasur Jabborov tuzaldi

Bir muddat avval Parkinson kasalligiga chalingani aytilgan xonanda Jasur Jabborov, Hindistonda davolanib qaytdi. “Havas” guruhi xonandasi Shahnoza sahifasiga joylagan videoda Jasur Jabborovning ancha sogʻayib qolganini koʻrish mumkin.

Taniqli xonanda Jasur Jabborov Parkinson kasalliiga chalingani haqida xabar berilgandi. Shou-biznes vakillari va qoʻshiqchining muxlislari uning davolanishi uchun xayriya mablagʻlari yigʻgan.

Shundan soʻng xonanda Hindistonda davolanish muolajalarini olgan. Hozirda uning sogʻligʻi deyarli toʻliq tiklanganini koʻrish mumkin. Sanʼatkor endi muxlislari bilan faqat yaxshi kunlarda, toʻy va konsertlarda koʻrishishga umid qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Parkinson kasalligi markaziy nerv sistemasining surunkali betobligi hisoblanadi. Bunday bemorlarda muskullar taranglashadi, yuz harakatsiz boʻlib, qotib qoladi, mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi.

2023-yil 26-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya markazida Oʻzbekistonda ilk bor parkinson kasalligini jarrohlik yoʻli bilan davolash boʻyicha kompleks texnologik operatsiya oʻtkazilgan. Operatsiyada 63 yoshli bemorning bosh qismiga chip oʻrnatilgan.