Pavel Durov qamoqqa olindi. U 20 yilga qamalishi mumkin
Telegram asoschisi Pavel Durov giyohvand moddalar savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarda ishtirok etganlikda ayblanib, Parijda hibsga olindi. U yaqin kunlarda Fransiya sudi oldida javob beradi.
Fransiyaning TF1 telekanaliga ko‘ra, Ozarbayjondan qaytgan Pavel Durovga shaxsiy soqchi va ayol hamrohlik qilgan. Durov federal qidiruvga berilgan, Fransiya milliy sud politsiyasi boshqarmasi tomonidan unga nisbatan tintuv o‘tkazish uchun order chiqarilgan. Tegishli order Durovning fransuz kuchlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani, bu esa uni giyohvand moddalar va boshqa og‘ir jinoyatlarning noqonuniy aylanmasida ishtirok etishda gumon qilgani uchun berilgan.
Yevropa Ittifoqi rasmiylarining Telegramga bo‘lgan asosiy e’tirozi messenjerda uyushgan jinoyatchilar tomonidan faol foydalanilayotgan shifrlangan xabarlar hisoblanadi. Durovga 20 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Mazkur xabarlar fonida Telegram bilan bog‘liq TON va NOT kriptovalyutalarining narxi keskin tushib ketdi. Ma'lumot o‘rnida, Durov Fransiya fuqarosi hisoblanadi.