“Platforma 2” filmining ilk tizeri eʼlon qilindi
Netflix striming xizmati “Platforma” antiutopik trillerining ikkinchi qismi uchun tizerni eʼlon qildi. Onlayn-reliz 4-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Voqealar rivoji kelajakda sodir boʻladi, unda mahbuslar bir-birining ustiga joylashtirilgan vertikal kameralarda saqlanadi.
Barcha qavatlar umumiy quduq bilan ulangan, u orqali kuniga bir marta oziq-ovqat solingan platforma tushiriladi — odamlar qanchalik pastda boʻlsa, ovqatlanish imkoniyati shunchalik kam boʻladi. Har oyda kasting oʻtkaziladi. Navbatdagi filmda asosiy eʼtibor yangi mahbus va uning omon qolishga urinishlariga qaratiladi.
Filming davomida bosh rollarni Milena Smit (“Paralel onalar”) va Xovik Kochkeryan (“Qogʻoz bino”) ijro etgan. Rejissyorlik lavozimini birinchi film muallifi Galder Gastella-Urrutiya egalladi. Birinchi “Platforma” 2019-yilda chiqarilgan va Netflix tarixidagi eng mashhur ingliz tilida boʻlmagan filmlardan biriga aylangandi.