/
/
PlayStation 5 Pro qanday koʻrinishda boʻlishi oshkor qilindi
30.08.2024

PlayStation 5 Pro qanday koʻrinishda boʻlishi oshkor qilindi

Insayderning aytishicha, Pro versiyasi tashqi koʻrinishidan oddiy PlayStation 5 ga oʻxshaydi, ammo biroz qalinroq. Billbil-kun konsolda oʻrnatilgan disk yurituvchi boʻlishi yoki boʻlmasligi haqida maʼlumot ololmadi.

PlayStation 5 Pro qanday koʻrinishda boʻlishi oshkor qilindi

Insayder Billbil-kun yangi konsol tasvirlangan PlayStation 5 Pro qutisini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Mualliflik huquqi cheklovlari tufayli u rasmni eʼlon qila olmadi, biroq konsolni qayta chizib koʻrsatishga hech qanday toʻsiq yoʻq. U shunday yoʻl tutdi.

Foto: Dealabs

Insayderning aytishicha, Pro versiyasi tashqi koʻrinishidan oddiy PlayStation 5 ga oʻxshaydi, ammo biroz qalinroq. Billbil-kun konsolda oʻrnatilgan disk yurituvchi boʻlishi yoki boʻlmasligi haqida maʼlumot ololmadi. Shunga qaramay, uning fikricha, agar sotuvda tashqi disk yurituvchilar mavjud boʻlsa, Sony konsolni arzonroq qilish maqsadida undan voz kechishi mumkin.

U yana shuni qoʻshimcha qildiki, yechib olinadigan panellar barcha PlayStation 5 modellari, shu jumladan Pro versiyasi bilan ham mos kelishi kerak. Uning soʻzlariga koʻra, qurilmaning taqdimoti sentyabr oyining birinchi yarmidayoq boʻlib oʻtishi mumkin. Yaqinda mashhur jurnalist Jeff Grabb PlayStation 5 Pro yil oxirigacha chiqarilishi mumkinligini maʼlum qilgandi.