24.09.2024
                                            
                    
                Qanot Sharq Toshkent-Tel-Aviv yo‘nalishida aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
                
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Mahkamov Humoyun
                                                                        Tel-Avivdan Toshkentga parvozlar chorshanba kunlari, qarama-qarshi yo‘nalishda — payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi Toshkent va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.
Aviakompaniyaning Telegram kanalidagi bayonotga ko‘ra, reyslar noyabr oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, saytda 31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan birinchi reys haqida ma’lumotlar mavjud.
Parvozlar jadvali (har ikki aeroport uchun mahalliy vaqt):
- Tel-Avivdan uchish — 18:00, Toshkentga yetib kelish — 01:00;
 - Toshkentdan jo‘nab ketish — 19:50; Tel-Avivga yetib kelish — 23:20.
 
Bir tomonlama chipta narxi 4,21 mln so‘mdan boshlanadi (narx e’lon qilingan paytda amal qiladi).