/
/
“Qariqiz” filmi premyera qilinadi
27.08.2024

“Qariqiz” filmi premyera qilinadi

Film hayotda oʻz yoʻlini izlayotgan boʻlajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi.

“Qariqiz” filmi premyera qilinadi

“Qariqiz” filmining katta premyerasi 27-avgust kuni soat 18:00 da Milliy kino sanʼati saroyida boʻlib oʻtadi.

Mazkur kartina Kinematografiya agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Ssenariy muallifi va prodyuser Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov.

Film hayotda oʻz yoʻlini izlayotgan boʻlajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon turmushga chiqish va oʻqishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi va bu tanlov oʻzini oqlaydi.

Film bosh rolda Aysanem Yusupova, shuningdek, Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Tolib Moʻminov, Otabek Haqberdiyev, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro qilgan.

Maʼlumot uchun,  26-avgust kuni Renessans kino uyida Last Media studiyasi tomonidan shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Qariqiz” filmining yopiq namoyish oʻtkazildi. “Qariqiz” filmining qator epizodlari Turkiyada suratga olingan.