верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Qashqirlar makoni” seriali rejissyori Toshkentga kelishi kutilmoqda
06.09.2024

“Qashqirlar makoni” seriali rejissyori Toshkentga kelishi kutilmoqda

“Qashqirlar makoni” seriali rejissyori Toshkentga kelishi kutilmoqda

Mashhur rejissyor Serdar Akar “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalida kinoixlosmandlar uchun mahorat darsi oʻtkazishi koʻzda tutilgan. 

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

“Qashqirlar makoni” seriali rejissyori Serdar Akar “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mashhur rejissyor festival doirasida kinoixlosmandlar uchun mahorat darsi oʻtkazishi koʻzda tutilgan. U 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida bir qator muvaffaqiyatli filmlar va teleseriallar bilan mashhur boʻlgan. 

Uning diqqatga sazovor ishlari orasida “Düğün”, “Kurtlar Vadisi” va “Sıfır Kilometr” kabi filmlar hamda mashhur teleseriallar bor.

Bundan tashqari, taniqli hind aktrisasi Hema Malini, gruziyalik aktyor Avtandil Maharadze, rossiyalik aktyor Aleksandr Robak, eronlik mashhur rejissyor-aktyor Majid Majidi va boshqa koʻplab kinoyulduzlar bilan ijodiy kecha hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.