РУ
O’Z
UZS
/
/
Qirgʻizistonda ham ATTO kartasidan foydalanish mumkin boʻladi
21.08.2024

Qirgʻizistonda ham ATTO kartasidan foydalanish mumkin boʻladi

Qirgʻizistonda ham ATTO kartasidan foydalanish mumkin boʻladi

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari qoʻshni davlat hududida mahalliy transport kartasidan foydalanishi imkoniyatiga ega boʻldi. Bu sayyohlik oqimini oshirib, doʻstlik rishtalarini mustahkamlashi qayd etilgan.

19-avgust kuni Oʻzbekistondagi yoʻl haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi operatori ATTO va Bishkek (Qirgʻiziston) jamoat transportida tizim operatori oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Qayd etilishicha, hamkorlikdan maqsad ikki davlat shaharlaridagi jamoat transportida toʻlovlarni oʻzaro qabul qilish boʻyicha integratsiyani amalga oshirishdan iborat.

Tez orada Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekiston shaharlari boʻylab sayohat haqini Tulpar kartalari bilan, Oʻzbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO kartalari orqali toʻlashlari mumkin boʻladi. Faol rivojlanayotgan turizm sharoitida bunday hamkorlik ikki mamlakat aholisining sayohatlarini yanada qulay qiladi.