Qoraqalpogʻistondagi qoʻriqxonada flamingolar galasi kuzatildi
Flamingolar Amudaryoning quyi oqimida, Orol dengizining janubiy va sharqiy qirgʻoqlarida hamda qoʻltiqlarida uchraydi. Katta suv havzalarining ochiq qirgʻoqlarida yashaydi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi “Sudoche-Akpetki” davlat qoʻriqxonasi hududida flamingolar galasi kuzatildi.
Flamingolar zaif, noyob tur boʻlib, ularning soni keskin oʻzgarib turadi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga, CITES II ilovasiga va Bon konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston sharoitida koʻchmanchi qush hisoblanadi.
Muhim raqamlar asosan bahorgi migratsiya davrida kuzatiladi. Amudaryoning quyi oqimida, Orol dengizining janubiy va sharqiy qirgʻoqlarida hamda qoʻltiqlarida uchraydi. Katta suv havzalarining ochiq qirgʻoqlarida yashaydi. Flamingolar shoʻr botqoq sayozlarda va qirgʻoq boʻyidagi orol suv havzalarida uy quradi.