РУ
O’Z
UZS
/
/
Realme 320 Vt quvvatga ega dunyodagi eng tez quvvatlagichni taqdim etdi
14.08.2024

Realme 320 Vt quvvatga ega dunyodagi eng tez quvvatlagichni taqdim etdi

Realme 320 Vt quvvatga ega dunyodagi eng tez quvvatlagichni taqdim etdi

Qurilma smartfon batareyasini atigi 4 daqiqa 30 soniyada quvvatlaydi. Shuningdek, bir daqiqada akkumulyator 26 foizga, ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida esa 50 foizdan koʻproq toʻldirilishi qayd etilgan.

Realme kompaniyasi 320 Vt quvvatga ega SuperSonic Charge quvvatlash texnologiyasini taqdim etdi. Bu haqda GSMArena portali xabar bermoqda.

Dunyodagi eng tez zaryadlovchi qurilma smartfon batareyasini atigi 4 daqiqa 30 soniyada quvvatlaydi. Shuningdek, bir daqiqada akkumulyator 26 foizga, ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida esa 50 foizdan koʻproq toʻldirilishi qayd etilgan.

Realmeʼning Pocket Cannon deb nomlangan 320 Vt quvvatga ega zaryadlovchi qurilmasi 3,3 Vt/sm3 zichlikka ega va UFC, PD va SuperVOOC kabi asosiy zaryadlash protokollarini qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilma smartfon va noutbuklarni bir vaqtda quvvatlantirish uchun ikkita USB-C porti bilan jihozlangan.

Qachon va qaysi Realme smartfoni yangi yuqori tezlikda zaryadlashni olishi hozircha aniqlanmagan. Brend smartfonlari uchun eng kuchli zaryadlash GT seriyali gadjetlarida qoʻllaniladi. Shunday qilib, Realme GT3 jahon bozori uchun 240 Vt quvvatga ega birinchi qurilma boʻldi, u 4600 mA/soat akkumulyatorni taxminan 9,5 daqiqada toʻldiradi.