/
/
Rebekka Fergyuson “Shelbilar oilasi” filmida bosh rolni ijro etadi
26.07.2024

Rebekka Fergyuson “Shelbilar oilasi” filmida bosh rolni ijro etadi

Rol tafsilotlari oshkor etilmagan. Syujet Ikkinchi jahon urushi paytida sodir boʻladi. Oskar mukofoti sovrindori Killian Myorfi bezori Tomas Shelbi rolini ijro etadi.

Rebekka Fergyuson “Shelbilar oilasi” filmida bosh rolni ijro etadi

“Dyuna” yulduzi Rebekka Fergyuson “Shelbilar oilasi” serialining toʻliq metrajli davomi sifatida ishlanayotgan filmga qoʻshildi, deb xabar berdi Deadline.

Rol tafsilotlari oshkor etilmagan. Syujet Ikkinchi jahon urushi paytida sodir boʻladi. Oskar mukofoti sovrindori Killian Myorfi bezori Tomas Shelbi rolini ijro etadi.

Film rejissyori Tom Xarper (“Aeronavtlar”), ssenariy ustida shou ijodkori Stiven Nayt ishlagan. Tasvirga olish  2024yil oxirigacha boshlanadi. Premyera shartli ravishda 2025-yilda boʻlib oʻtadi.

Fergyuson yaqinda Timur Bekmambetovning “Mehr” nomli ilmiy-fantastik filmida suratga tushdi. U, shuningdek, Ketrin Bigelouning yangi trilleri va Apple TV+ ning Shelter ikkinchi faslida ham suratga tushadi.