Rollme yangi aqlli uzukni taqdim etdi
Rollme kompaniyasi R3 deb nomlangan aqlli uzukni namoyish etdi. Qurilma fitnes-treker vazifasini bajaradi. U yurak urish tezligini, jismoniy faollikni, uyqu sifatini va qonning kislorod bilan toʻyinganlik darajasini nazorat qiladi.
R3 aqlli uzugi qora, kumush va oltin ranglarda hamda bir qancha oʻlchamlarda ishlab chiqarilgan. Uzukning korpusi titandan, ichki qismi esa gipoallergen epoksid qatronidan qilingan. Qurilma 5 ATM standartiga muvofiq suvdan himoyalangan.
Uzuk yordamida yurak urish tezligini nafaqat dam olish paytida, balki jismoniy mashqlar paytida ham kuzatish mumkin: masalan, yurish, yugurish yoki velosipedda. Yurak urish tezligi sensori yurak urish tezligining oʻzgaruvchanligini oʻlchash imkonini beradi. Uyquga kelsak, uzuk uyquni yengil va chuqurga ajratishi mumkin, shuningdek, foydalanuvchi uygʻongan vaqtlarga eʼtibor beradi.
Qurilma imo-ishoralar orqali boshqariladi. Ikki marta bosish orqali musiqani almashtirish yoki smartfon orqali suratga olish mumkin. 17,5 mA/soat batareya Rollme R3ʼni 10 kungacha quvvatlantirmaslik imkonini beradi. Zaryadlash qutisi batareyaning ishlash muddatini 60 kungacha oshiradi. Uzukning boshlangʻich narxi — 90 dollar (≈1 130 000 soʻm). Keyinchalik narx 180 dollargacha (≈2 260 000 soʻm) oshadi.