13.09.2024
Perm Shahridagi 17 Kilolik Mushuk Dietaga Qarshi Kurashib Shifoxonadan Qochmoqchi Bo‘ldi
Muallif
Mahkamov Humoyun
Perm shahridagi kasalxonadan baqaloq mushuk qochishga urindi. U 17 kilo tosh bosgani uchun diyetaga majburlangan.
Rossiyaning Perm shahrida mushuk bilan bogʻliq gʻayrioddiy holat yuz berdi.
Mash xabariga koʻra, Kroshik ismli mushuk kasalxona omborxonasida yashagan. Uni mushuklarning goʻshtli yemaklari va ovqat qoldiqlari bilan boqishgan.
Ammo oradan vaqt oʻtgach, mushuk 17 kilogrammgacha semirib, harakatlanolmay qolgan. Koʻngillilar uni omborxonadan toʻgʻri vet-klinikiaga olib borishgan.
Kroshik u yerda qatʼiy diyetaga oʻtqazilgan. Ammo ovqat yemaslikdan zerikkan mushuk qochishga uringan. U eshikdan chiqishda oyoq kiyim javoniga tiqilib qolgan.