верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Samarqandda domning 10-qavatiga basseyn qurilgani aniqlandi
05.09.2024

Samarqandda domning 10-qavatiga basseyn qurilgani aniqlandi

Samarqandda domning 10-qavatiga basseyn qurilgani aniqlandi

Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berildi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Samarqandda koʻp qavatli uyning penthaus qismida oʻzboshimchalik bilan basseyn qurilganligi aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aholi murojaatiga asosan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahri “Soʻgʻdiyona” mahallasidagi 67-A sonli koʻp qavatli uyning 10-qavati — penthaus qismida oʻzboshimchalik bilan basseyn qurilgani aniqlandi.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu qurilma koʻp qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan boʻlib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin.

Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berildi.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati

“Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni oʻz ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirildi”, — deyiladi xabarda.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.