/
/
Samarqandda “Janub shamoli” ayollar kinofestivali boʻlib oʻtadi
03.08.2024

Samarqandda “Janub shamoli” ayollar kinofestivali boʻlib oʻtadi

Ushbu festival ayollar nigohi bilan ishlangan filmlarga asoslanadi. Unda Global Janub ayollari Gʻarb erkaklari hukmronlik qiladigan kino sohasidagi asosiy qarashlarga qarshi chiqib, oʻz hikoyalarini oʻzlari aytadi.

Samarqandda “Janub shamoli” ayollar kinofestivali boʻlib oʻtadi

Samarqandda 13–18-avgust kunlari “Janub shamoli” deb nomlangan Global Janub ayollari filmlari festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda tashkilotchi Maqaal Collective saytida xabar berildi.

Ushbu festival ayollar nigohi bilan ishlangan filmlarga asoslanadi. Unda Global Janub ayollari Gʻarb erkaklari hukmronlik qiladigan kino sohasidagi asosiy qarashlarga qarshi chiqib, oʻz hikoyalarini oʻzlari aytadi.

Shuningdek, muhokamalar va muloqotlarning muhimligini taʼkidlangan, shuning uchun har bir namoyishdan soʻng mehmonlar jamoaviy muhokamalarga taklif qilinadi. Barcha filmlar oʻzbek va inglizcha subtitrlar bilan birlamchi tillarda namoyish etiladi.

Asosiy namoyish joyi Art Station, lekin boshqa manzillarda ham qoʻshimcha tadbirlar rejalashtirilgan. Barcha namoyishlarga kirish bepul. Shu bilan birga, deyarli barcha filmlar tashkilot saytida ham onlayn namoyish etiladi. Qoʻshimcha tadbirlar va mahorat darslari ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.