РУ
O’Z
UZS
/
/
Samolyotda uchish qo‘rquvidan qanday xalos bo‘lish kerak
24.06.2024

Samolyotda uchish qo‘rquvidan qanday xalos bo‘lish kerak

Samolyotda uchish qo‘rquvidan qanday xalos bo‘lish kerak

Aerofobiyani qanday yengib, samolyotda uchish qo‘rquvini unutish bo‘yicha tavsiyalar 

Samolyotda uchishdan oldin asabiylashish normal va tabiiy holat, ammo bu qo‘rquv chegaradan oshib ketmasa. Agar parvozdan bir hafta oldin o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmasangiz, turli bahonalar qilib, kerak bo‘lsa Istanbulga piyoda borishga tayyor bo‘lsangiz, demak sizda aerofobiyaning yengil yoki og‘ir shakli bor. Bu muammoni yechish kerak.

Aerofobiya nima? 

Tushunarli qilib aytganda, bu uchishdan juda kuchli qo‘rqishdir. Ushbu o‘ziga xos fobiya hatto shaxsiyatning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, odatda psixolog muolajalari yordamida davolanadi. 

“Aerofoblar” nimadan qorqadi? 

  • Tashqi tomondan: samolyotning qulashi, dvigatelga qush kirib qolishi, noprofessional parvoz, uchish paytida yashin urishi. 
  • Ichki tomondan: jismoniy va aqliy salomatlik uchun qo‘rquv – organizm parvozni ko‘tara olmaydi, uchish paytida aqldan ozish mumkin va hokazo. 
  • Ijtimoiy tomondan: yopiq joylardan qo‘rqish, bir joyda ko‘p odamlarning to‘planishi, shuningdek ular tarqatadigan viruslar va bakteriyalar. 

Psixologlarning fikriga ko‘ra, 17 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan odamlar aerofobiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayotdagi o‘zgarishlar – universitetga kirish, birinchi marta ishga joylashish, yuqori lavozimga ko‘tarilish, farzandlar tug‘ilishi va mas‘uliyatni o‘z zimmangizga olishingiz kerak bo‘lgan boshqa muhim narsalar tufayli yuzaga keladigan ruhiy stress bilan bog‘liq. 

Shuningdek, doim tashvishlanadigan va boshqaruvni yo‘qotishdan qo‘rqadigan odamlar uchishdan qo‘rqishlari haqida shikoyat qiladi. 

Aerofobiya bor yoki yoqligini qanday aniqlash mumkin? 


Siz samolyot orqali uchmaslik uchun hamma narsani qilishga tayyorsiz – kerak bo‘lsa muhim biznes safarini rad etish, yaqin insoningiz bilan vaqt o’tkazish va hatto ajoyib ta’tildan ham voz kechishingiz mumkin.

Reysingiz kechiktirilsa (yaxshisi bekor qilinsa), xursand bo‘lasiz.

Sayohat qilishni yoqtiradigan o‘rtog‘ingizning “samolyot”, “parvoz”, “uchuvchi” va boshqa shunga o‘xshash uchish bilan bog‘liq so‘zlari siz uchun yoqimsiz eshitiladi va o‘sha yerdan qochib ketgingiz keladi.

Samolyotlar va osmonda parvoz qilish haqidagi kino, video ko‘rish hamda kitob o‘qishni umuman istamaysiz.

“Majburiy” parvozdan oldin siz tashvish, stress va hatto vahimani boshdan kechirasiz. Jo‘nab ketishingizdan bir hafta oldin – ishtahaning buzilishi, uyqusizlik va hayolingizda 24/7 davomida paydo bo‘ladigan qo‘rquv boshlanishi mumkin. 

Samolyotda uchish qorquvidan xalos bolishning gayrioddiy, ammo ish beradigan usullari:

  • Vikipediyani oching 

Aviaparvozlar haqidagi turli faktlarni ko‘rib chiqing. Masalan, samolyot – transportning eng xavfsiz usuli ekani, dvigatelga qushning kirib qolishi yo‘lovchilarga hech qanday xavf solmasligi va umuman olganda samolyot bitta dvigatel bilan ham o‘z manziliga uchib borishi mumkinligi va boshqa shu kabi ma’lumotlarni o‘qib chiqing!
 

  • Suhbatlashing 

Psixologlar sayohatchilar bilan kichik suhbatlar uyushtirish sizni kitoblar, musiqa va filmlardan ko‘ra yaxshiroq chalg‘itishi mumkinligini isbotladi. Ushbu suhbatlarda uchishdan qo‘rqishingiz haqida gapirib bering. Bu qo‘rquv fikrlaridan xalos bo‘lib, o‘zingizni yengilroq his qilish va hatto yoqimli/foydali kishilar bilan tanishishingiz mumkin.
 

  • Duty Free’ga kirmang

Spirtli ichimliklar, espresso yoki shokolad xarid qilmaslik uchun. Spirtli ichimliklar va kofein parvozdan oldin va parvoz paytida barcha tashvishlangan odamlar uchun man etiladi (ular asab tizimiga yanada ta’sir qiladi). Asabiylashgan kishi o‘zi bilmagan holda ko‘p miqdorda shirinliklar iste’mol qilib qo‘yishi mumkin, ammo keyin oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq muammolar va ortiqcha vazndan afsuslanishi aniq.

  • Vahima qilmang 

Meditatsiya va nafas olish amaliyotining foydasi hammamizga ma’lum – ulardan birortasini telefoningizga yuklab olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “samolyot” rejimida qo‘llang. Bu ko‘pchilikka yordam beradi.

Aerofobiyadan aziyat chekuvchi bemorlar bilan ishlaydigan psixologlar vahima xurujlaridan xalos bo‘lishga qaratilgan yana bir usuldan foydalanadi. 

Panikani to‘xtatish uchun quyidagilarni bajarish kerak: bir nechta marta nafas olib-chiqarib, atrofingizdagi 5 ta narsa, teginishingiz mumkin bo‘lgan 4 ta narsa, 3 ta tovush, 3 ta hid va his qilishni xohlagan bir ta’mni hayolan aytib chiqing.

  • Oyoq kiyimingiz bogichini boglab qoying 

Samolyot balandlikka ucha boshlashi bilanoq oyoq kiyimlaringizni bog‘lamoqchi bo‘lgandek egilib oling (aslida ham bog‘lashingiz mumkin). Shunday qilib, siz haddan tashqari yuklanish hissini, shuningdek, ko‘kragingizdagi bosimni kamaytirishingiz mumkin.

  • Tejamang 

Agar oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan uchayotgan bo‘lsangiz, bir-biringizga yaqin joyda o‘tiring. Yaqin insoningiz yoningizda ekani hissi tashvishlarni kamaytiradi. Uchish qo‘rquvini yengishning yana bir usuli – eng qimmat biznes klass chiptasini sotib olish, bu sizga fikringizni o‘zgartirishga imkon bermaydi – samolyotga aniq chiqasiz. Ammo bu variantni eng ekstremal holat uchun qoldiramiz! 

An’anaviy usullar yordamida uchish qorquvidan qutulish yollari:

  • Podkastlar, yaxshi pleylist, audiokitob eshitib o‘zingizni chalg‘iting;
  • “Art terapiyasi” usulidan foydalanib, ijod qiling: rasm chizing, to‘qing yoki fikrlaringizni kundalikka yozishingiz ham mumkin;
  • Uxlang. Quloqchinlarni (ular sizni ortiqcha va bezovta qiluvchi tovushlardan himoya qiladi) yoki uyqu niqobini kiyib oling va kamida yarim soat davomida uxlashga harakat qiling.