Samsung arzon smartfonlarga SI xususiyatlarini qoʻshadi
Hozirda Samsung kompaniyasining sunʼiy intellektini qoʻllab-quvvatlaydigan eng arzon Galaxy qurilmasi Galaxy S23 FE hisoblanadi.
Samsung SIni qoʻllab-quvvatlashni 2024-yilgi modellardan boshlab oʻrta darajadagi Galaxy A qurilmalariga qoʻshishni rejalashtirmoqda. SamMobile tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Galaxy SIni qoʻllab-quvvatlaydigan birinchi qurilmalar Galaxy A35 va Galaxy A55 boʻladi.
Ammo shuni taʼkidlash joizki, ushbu qurilmalarda Galaxy SIni ishga tushiradigan One UI 6.1.1 yangilanishining aniq chiqarilish sanasi hozircha nomaʼlum. Bundan tashqari, Galaxy A35 va Galaxy A55 da Galaxy SIning barcha xususiyatlari mavjud emas — Samsung katta ishlov berish quvvatini talab qiladiganlarni istisno qilishi mumkin.
Hozirda Samsung kompaniyasining sunʼiy intellektini qoʻllab-quvvatlaydigan eng arzon Galaxy qurilmasi Galaxy S23 FE hisoblanadi. Lekin u Galaxy S24 seriyasi uchun original Galaxy SI toʻplamining bir qismi boʻlgan tezkor sekinlashtirish xususiyatiga ega emas .
“Samsung Galaxy SIga katta pul tikmoqda, chunki u ushbu innovatsion SI vositalarini 200 milliondan ortiq Galaxy qurilmalariga, jumladan telefonlar, planshetlar va taqiladigan qurilmalarga taqdim etishni maqsad qilgan”, — deb yozadi SamMobile.