/
/
Samsung hamyonbop smarftonlarga ham sunʼiy intellekt funksiyasini qoʻshadi
21.08.2024

Samsung hamyonbop smarftonlarga ham sunʼiy intellekt funksiyasini qoʻshadi

Circle to Search Galaxy Tab S9 FE va S9 FE+ planshetlariga One UI 6.1.1 yangilanishi bilan birlashtiriladi, bu esa bir qator boshqa yangi funksiyalarni ham olib keladi.

Samsung hamyonbop smarftonlarga ham sunʼiy intellekt funksiyasini qoʻshadi

Samsung Galaxy S24 flagman liniyasidan Circle to Search ekranidan AI qidiruvini Galaxy A seriyasining toʻrtta byudjetli modeliga qoʻshadi, bu haqda Sammobile portali xabar beradi.

Dastlab, bu funksiyadan faqat joriy A-liniyalari egalari foydalanishi mumkinligi xabar qilingandi: Galaxy A35 va A55, ammo endi insayderlar u oʻtgan yilgi Galaxy A34 va A54 modellarida ham paydo boʻlishini yozishmoqda. Yangi funksiya bilan proshivka yangilanishi avgust oyi oxirigacha kutilmoqda.

Bundan tashqari, Circle to Search Galaxy Tab S9 FE va S9 FE+ planshetlariga One UI 6.1.1 yangilanishi bilan birlashtiriladi, bu esa bir qator boshqa yangi funksiyalarni ham olib keladi.

Circle to Search — foydalanuvchilarga ekrandagi biror narsani ajratib koʻrsatish, uning atrofida aylana chizish va u haqida onlayn maʼlumot olish imkonini beruvchi xususiyatdir. Bu funksiya tez va aniq qidiruvlarni taʼminlash uchun SI tasvir va matnni aniqlash texnologiyasidan foydalanadi. U birinchi marta Samsung Galaxy S24 flagman seriyasida debyut qildi, keyinchalik S23 qatorida, shuningdek, Google brendi smartfonlarida paydo boʻldi.