/
/
Samsung kuzda navbatdagi taqdimotini oʻtkazadi va noodatiy smartfonlarni namoyish etadi
24.07.2024

Samsung kuzda navbatdagi taqdimotini oʻtkazadi va noodatiy smartfonlarni namoyish etadi

Tadbirda Galaxy Tab S10+ va Ultra planshetlarining yangi modellari, shuningdek, Galaxy Z Fold 6 Slim va Galaxy w25 bukma smartfonlarini taqdim etish rejalashtirilgan. Fold 6 Slim faqat Janubiy Koreya bozorida, Galaxy w25 esa faqat Xitoyda sotilishi kutilmoqda.

Samsung kuzda navbatdagi taqdimotini oʻtkazadi va noodatiy smartfonlarni namoyish etadi

Taniqli Ice Universe insayderi joriy yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan Samsung ʼning navbatdagi taqdimoti haqida xabar berdi. Bu haqda u Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntida maʼlum qildi.

Tadbirda Galaxy Tab S10+ va Ultra planshetlarining yangi modellari, shuningdek, Galaxy Z Fold 6 Slim va Galaxy w25 bukma smartfonlarini taqdim etish rejalashtirilgan. Fold 6 Slim faqat Janubiy Koreya bozorida, Galaxy w25 esa faqat Xitoyda sotilishi kutilmoqda.

Ushbu qurilmalar haqidagi tafsilotlar eʼlon sanasiga yaqinroq maʼlum boʻladi. Biroq Fold 6 Slim nomidan kelib chiqib, bu smartfon Galaxy Fold liniyasidagi eng yupqasi boʻlishi taxmin qilinmoqda.

Ice Universe — bu Samsung va Apple kompaniyasining yaqinlashib kelayotgan yangi mahsulotlari haqida ishonchli maʼlumot manbai. U birinchi boʻlib sharsharali ekranli smartfonlar uchun yangi tendensiya, iPhone X ekranlaridagi “chechak” kesilishi, iPhone 14ʼning yangi dizayni va boshqalar haqida xabar bergan.