Samsung yangi turdagi akkumulyatorlarni ishlab chiqdi
Samsung premium elektromobillarda qoʻllaniladigan qattiq batareya texnologiyasi ishlab chiqilishini eʼlon qildi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, yangi akkumulyatorlar avtomobillarga 1000 kilometrgacha masofani bosib oʻtish imkonini beradi. Ommaviy ishlab chiqarish 2027-yilga rejalashtirilgan.
Qattiq batareyalar anʼanaviy litiy-ion batareyalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, jumladan, yongʻin xavfi yoʻqligi, uzoqroq masofa va qisqaroq zaryadlash vaqti bilan ajralib turadi. Samsung kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, bir nechta avtomobil ishlab chiqaruvchilar allaqachon ushbu akkumulyatorlarni sinab koʻrmoqda.
Qattiq akkumulyatorlar qimmat boʻlishi mumkin boʻlsada, Samsung ularni “super premium elektromobillar”da ishlatishni rejalashtirmoqda, bu esa har bir zaryad uchun 900 dan 1000 kilometrgacha masofani bosib oʻtish va xavfsizlikni yaxshilash imkonini beradi. Uzoq muddatda akkumulyatorlarni almashtirish avtomobillarning narxini pasaytirishi mumkin, chunki u ogʻirlik va joyni kamaytiradi.
Shuningdek, Samsung kompaniyasi 2029-yilgacha 9 daqiqada quvvat oladigan va 20 yil xizmat qiladigan batareyalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi. Samsungning EV akkumulyatori boʻyicha raqibi LG Energy ham 2030-yilda bozorning premium segmentiga moʻljallangan qattiq xolatli akkumulyatorlarni ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.