Sarishtalikning 10 usuli. Mari Kondo layfhaklari
Mari Kondo – sarishtalik farishtasi va tozalik dahosi bo‘lib, dunyoga «Sehrli tozalash» deb nomlangan bestsellerni taqdim etgan yapon yozuvchisidir. Ushbu «qo‘llanma» unga nafaqat butun dunyo bo‘ylab shuhrat va bestsellerlar ro‘yxatidagi o’rinni bag‘ishladi, balki butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun hayotni osonlashtirdi. Bularning barchasi hech qanday Hoguarts sehrisiz, klining va hatto janob Propersiz amalga oshirsa bo‘ladigan uyni tozalash bo‘yicha oddiy va samarali maslahatlar tufaylidir.
Kondoning asosiy tozalash usullarini o‘rganib, bugunoq hayotingizga qo‘llasa bo‘ladigan usullarni tanlashga qaror qildik. Ammo ogohlantiramiz: yugurib changyutgich va polni tozalaydigan maxsus vositalarni olishga shoshilmang, siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lgan tozalash usullarining butun siri – atrofingiz va boshingizni ortiqcha narsalarda ozod qilishdir.
Mari Kondo usuliga ko‘ra uyni qanday tozalash kerak?
- Motivatsiyaga aniqlik kiritamiz
Yig‘ishtirishni boshlashdan oldin, Kondo quyidagi savolga javob berishni taklif qiladi – tozalashni boshlashga bizni nima undadi? Unga javob esa boshqa savollar zanjiriga olib kelishi kerak. Masalan: Ko‘proq vaqtim bo‘lishi uchun uylarni tozalamoqchiman. Ko‘proq vaqtni nimaga sarflaysiz? Tez-tez sport bilan shug‘lanish uchun. Nima uchun? Ozishim uchun. Shu kabi savollar orqali tozalash ishlari sizga majburiy emas balki bir foyda keltirishi uchunligini his qilib ishlaysiz.
- Oldimizga maqsad qo‘yib, tasavvurni ishlatamiz
Keyingi qadam: ideal uyingizning tasvirini batafsil tasavvur qilishingiz kerak. «Pinterest» yoki biron bir jurnalda orzuingizdagi uyning rasmini toping va siz anchadan beri shu uyda maza qilib yashayotganingizni tasavvur qiling.
- Keraksiz narsalardan qutulib, yangi narsalarga joy ajratamiz
Ammo orziqib erishgan ishingizni eslatadigan futbolkani, birinchi mashinangizning kalit ilgichini, shuningdek, boshqa unutilmas, ammo endilikda keraksiz narsalarni tashlashdan oldin ular bilan «suhbatlashing». Kondoning fikricha, har bir buyum o‘z kuchiga ega bo‘lib, xotiralar va tajribalar uchun sizning minnatdorchiligingizga loyiq.
- Faqat quvonch keltiradigan narsalarni qoldiramiz
Kondo usullariga muvofiq tozalashning asosiy usullaridan biridir. Uyingizdagi ma’lum narsa sizda qanday his-tuyg‘ular paydo qilishiga qarang. Negativ his-tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘lgan yoki sizni quvontirmaydigan narsalarni tashlaganingiz ma’qul. «Men uni qimmatga olgandim» kabi dalillaringiz ham befoyda – faqat sizga quvonch keltiradigan narsalarni qoldiramiz.
- Uydagi narsalarni hajmi va kategoriyasi bo‘yicha taqsimlaymiz
Kondo bir xil o‘lchamdagi narsalarni yonma-yon saqlashni maslahat beradi, shunda siz har doim nima qayerdaligini eslab qolishingiz mumkin. Xuddi shunday usulni kategoriyalar bo‘yicha ham joylashtiring: ko‘ylaklar barcha ko‘ylaklar osilgan joyda, kostyumlar kostyumlar bilan – har xil narsalarni bir uyumga va shkafning bir javoniga uloqtirishning hojati yo’q.
- Narsalarni ustma-ust emas, vertikal holda saqlaymiz
Kondo narsalarni vertikal ravishda saqlash yaxshiroq deb ta’kidlaydi (idishlar bundan mustasno). Shunda javonlaringiz va shkaflaringizda turgan narsalarni yaxshiroq ko‘rishingiz mumkin, shuningdek, bir narsani olganda yonidagi yoki ustidagi narsani to‘zitmasdan olish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu saqlash usuli kutubxona karta indeksi kabi ixcham va sarishtalik ko’rinishga ega.
- Shaffof konteynerlardan foydalanamiz
Omborxona, cherdak yoki shkafning eng yuqori javonlarida ko‘p ishlatmaydigan narsalarni shaffof konteynerlarda saqlash, uning ichidan sizga kerakli bo‘lgan narsani tezda topish imkonini beradi.
- Har bir kishi uchun joy ajratamiz
Oilangizdagi har bir kishiga shaxsiy buyumlarini saqlashi uchun alohida joy ajrating. Paypoqlarni kosmetik vositalar, oʻyinchoqlarni esa jurnallar bilan aralash joylashtirmang. Shaxsiy chegaralar tartibdan boshlanishini unutmang.
- Faqat uch turdagi hujjatlarni saqlaymiz
«Shoshilinch» papka (unda ayni damda bajarishingiz kerak bo‘lgan hujjatlar), «vaqtinchalik» (kelajakdagi reja, ish vazifalari) va «abadiy saqlanadigan» (moliyaviy hujjatlar, tibbiy guvohnomalar, vizalar va boshqalar).
- Oʻzingizga vaqt bering
Aynan shu usul Kondoning «oltin qoidasi» dir. Uyingizni yig’ishtirishni boshlaganingizda, hamma joyda narsalar sochilib yotgan bir paytda charchab qolishingiz mumkin. Bu odatiy hol, ishoning. Batafsil hamma joyni yig‘ishtirishga ham vaqt ham ko‘p kuch sarflanishini anglang va bu jarayon cho‘zilib ketganiga o‘zingizni hech koyimang. Ishoning, g‘ayrat bilan hamma joyni sarishtalasangiz bu tozalik ancha vaqtga yetadi.