Senat skuter va samokat haydovchilari uchun jarimalar joriy etishni maʼqulladi
Shuningdek, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining qoidabuzarga joyning oʻzida jarima qoʻllash vakolati bekor qilinadi.
20-sentyabr kuni Senatning 57-yalpi majlisida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Xususan, mazkuri kodeksning 171-moddasi oltinchi qism bilan toʻldirilib, unda foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida oʻz vaqtida fuqaroni xabardor etish va chora koʻrish bilan bogʻliq yangi norma kiritilmoqda.
Bunda yoʻl harakati qoidalari buzilishiga oid maʼlumotlar 48 soat ichida YHXXga yuborilmasa haydovchi maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalari katta tezlikda yoki yoʻl belgilariga rioya etmay harakatlanishi bilan bogʻliq holatlar avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalar orqali qayd etiladi.