РУ
O’Z
UZS
/
/
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun oʻz faoliyatini tikladi
12.09.2024

Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun oʻz faoliyatini tikladi

Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun oʻz faoliyatini tikladi

Havo qatnovlari An-2, An-24, Yak-40, RJ-85 rusumli samolyotlarda amalga oshirilgan. Ayni paytda aeroport fuqaro aviatsiyasi parvozlariga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Shahrisabz mahalliy aeroporti 11-sentyabr kuni fuqaro aviatsiyasining parvozlari uchun oʻz faoliyatini tikladi.

Uzbekistan Airports xabariga koʻra, Silk Avia aviakompaniyasining Toshkentdan ilk parvozi mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da aeroportga borib qoʻndi. Parvoz vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etdi.

Samolyot suv arkasi bilan, birinchi yoʻlovchilar esa karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Aeroportga parvozlar deyarli 21 yildan soʻng qayta yoʻlga qoʻyilgan. Shahrisabz aeroporti 2003-yilning noyabr oyida yopilgan edi.

Shahrisabzdan 5 km janubi-gʻarbda qurilgan mazkur aeroport 1983-yilda ochilgan. 1983-1996-yillarda Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishi boʻyicha parvozlar yoz oylarida haftasiga 4-marta, kuz-qish mavsumida esa 3-marta amalga oshirilgan, shuningdek, Urganch-Shahrisabz yoʻnalishi boʻyicha ham samolyotlar haftasiga ikki marta parvoz qilgan. 1993-1995 - yillarda Toshkent–Qarshi–Shahrisabz yoʻnalishida parvozlar amalga oshirilgan. 

Havo qatnovlari An-2, An-24, Yak-40, RJ-85 rusumli samolyotlarda amalga oshirilgan. Ayni paytda aeroport fuqaro aviatsiyasi parvozlariga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Uzunligi 1554 m va eni 35 m boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagidan, ikkita samolyot va toʻrtta vertolyot turish joyiga ega aerodrom quyidagi turdagi samolyotlarni sigʻdira oladi: ATR-42, ATR-72, L-410 va barcha turdagi vertolyotlar. Aeroport majmuasi soatiga 100 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.