“Sharq taronalari” festivali 25–30-avgust kunlari boʻlib oʻtadi
Xalqaro musiqiy festivalga qatnashish uchun Yaponiya, Indoneziya, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Italiya va boshqa bir qator Sharqiy Osiyo davlatlaridan arizalar kelishi boshlangan.
YUNESKO shafeligida 25–30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtadi.
Ushbu musiqa festivalida ishtirok etish uchun 100 dan ziyod mamlakatlarga mazkur festivalda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilgan.
Hozirda festivalga qatnashish yuzasidan xorijiy mamlakatlardan, xususan, Yaponiya, Indoneziya, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Italiya va boshqa bir qator Sharqiy Osiyo davlatlaridan arizalar kelishi boshlangan.
“Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival oʻtkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa sanʼatida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va anʼanalarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yoʻnalishidagi iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, doʻstlik va oʻzaro bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba oʻtkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan boʻlsa 2019-yilda oʻtkazilgan XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.