РУ
O’Z
UZS
/
/
“Sharq taronalari” festivali doirasida yutuqli tanlov eʼlon qilindi
23.08.2024

“Sharq taronalari” festivali doirasida yutuqli tanlov eʼlon qilindi

“Sharq taronalari” festivali doirasida yutuqli tanlov eʼlon qilindi

Tanlovdan koʻzlangan maqsad — Oʻzbekistonning, xususan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini, madaniy merosini targʻib qilish va xorijdagi turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilishdan iborat.

Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

Mazkur tanlov 26−30-avgust kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida tashkil etilmoqda.

Tanlovdan koʻzlangan maqsad — Oʻzbekistonning, xususan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini, madaniy merosini targʻib qilish va xorijdagi turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilishdan iborat, deyiladi xabarda.

Tanlov quyidagi talablar asosida oʻtkaziladi:

  • “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovida videorolik 3 minutlik boʻlishi, foto sifati talab darajasida boʻlishi;
  • “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovi Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylarini targʻib qilishga asoslangan boʻlishi;
  • adabiy til normalariga javob berishi;
  • asoslantirilgan maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.

Nominatsiyalarining har bir gʻolibi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan nizom orqali tanishish mumkin. Media materiallarni topshirish muddati — tadbir doirasida.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar media materiallarni massmedia@nationalprcentre.com pochtasiga yuborishlari lozim.