Shaxmat Olimpiadasi. 6-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi
Javohir Sindorov dastlabki bahsda mag‘lubiyatga uchradi, ikki Nodirbekning g‘alabasi va Shamsiddin Vohidovning durangi evaziga amaldagi chempionlar Isroildan g‘alabani tortib oldi.
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
6-tur doirasida 16-sentyabr kuni O‘zbekiston erkaklar jamoasi Isroil termasini qabul qildi. Qizlar esa Niderlandiya shaxmatchilariga qarshi dona surdi.
Javohir Sindorov dastlabki bahsda mag‘lubiyatga uchradi, ikki Nodirbekning g‘alabasi va Shamsiddin Vohidovning durangi evaziga amaldagi chempionlar Isroildan g‘alabani tortib oldi.
O‘zbekistonlik qizlar Niderlandiya bilan murosasiz kechgan uchrashuvda durang qayd etdi.
Erkaklar:
O‘zbekiston — Isroil 2,5 : 1,5
- Nodirbek Abdusattorov — Maksim Rodshteyn 1:0;
- Nodirbek Yakubboyev — Ido Gorshteyn 1:0;
- Javohir Sindorov —Tamir Nabati 0:1;
- Shamsiddin Vohidov — Ilya Smirin 0,5 : 0,5.
Ayollar:
O‘zbekiston — Niderlandiya 2:2
- Afruza Hamdamova — Eline Roebers 0,5 : 0,5;
- Nilufar Yakubboyeva — Jaokin Peng 0,5 : 0,5;
- Umida Omonova — Machteld Van Foreest 0:1;
- Nodira Nodirjonova — Anna-Maya Kazaryan 1:0.
6-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda. Qizlar jamoasi esa 9 ochko to‘plab 170 davlat ichida 15-o‘rinda bormoqda.