Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston jamoalari qatorasiga 3 turda g‘alaba qozondi
14.09.2024

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston jamoalari qatorasiga 3 turda g‘alaba qozondi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston jamoalari qatorasiga 3 turda g‘alaba qozondi

3-turda ham har ikki jamoa g‘alaba qozondi. Amaldagi chempionlar Xorvatiyani 3,5 : 0,5 hisobida, qizlar jamoasi mezbon Vengriyani 2,5 : 1,5 hisoblarida mag‘lub etdi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

13-sentyabr kuni musobaqaning 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar terma jamoasi Xorvatiya bilan, qizlar jamoasi esa Vengriya termasiga qarshi bahs olib bordi.

Quvonarlisi, 3-turda ham har ikki jamoa g‘alaba qozondi. Amaldagi chempionlar Xorvatiyani 3,5 : 0,5 hisobida, qizlar jamoasi mezbon Vengriyani 2,5 : 1,5 hisoblarida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng ikki jamoa ochkolar sonini 6 taga yetkazib oldi. Ma’lumot uchun avvalgi 2 turda ham O‘zbekiston jamoalari raqiblar ustidan g‘alaba qozongan edi.

Erkaklar:

  • O‘zbekiston — Xorvatiya 3,5 : 0,5
  • Nodirbek Abdusattorov - Ante Brkich 1:0;
  • Nodirbek Yakubboyev - Sasha Martinovich 0,5 : 0,5;
  • Javohir Sindorov - Leon Livaich 1:0;
  • Shamsiddin Vohidov -  Jdenko Kozul 1:0

Ayollar:

  • O‘zbekiston — Vengriya 2,5 : 1,5
  • Afruza Hamdamova - Zsoka Gaal 1:0;
  • Nilufar Yakubboyeva - Tanx Xoang 0:1;
  • Umida Omonova - Julianna Terbe 1:0;
  • Marjona Malikova - Petra Papp 0,5 : 0,5.

Bugun 14-sentyabr kuni 4-tur bahslari o‘tkaziladi.Tur doirasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Vyetnamga qarshi bahs olib boradi. Qizlar jamoasi esa Bolgariya bilan bellashadi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.