“Shrek 5” multfilmi katta ekranlarga qachon chiqishi maʼlum boʻldi
Bosh qahramonlarga yana Mayk Mayers (Shrek), Kemeron Dias (Fiona) va Eddi Myorfi (Eshak) tomonidan ovoz beriladi. Eshak qahramoni esa alohida spinofga ham ega boʻladi.
DreamWorks Animations studiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali “Shrek” multfilmining beshinchi qismi chiqish sanasini eʼlon qildi. Yashil jonzot haqdagi franshiza 2026-yil 1-iyulda katta ekranlarga qaytadi.
Bosh qahramonlarga yana Mayk Mayers (Shrek), Kemeron Dias (Fiona) va Eddi Myorfi (Eshak) tomonidan ovoz beriladi. Myorfi avvalroq film uchun replikalarning birinchi qismini yozib olingani haqida xabar bergan edi. Unga koʻra, Eshak qahramoni alohida spinofga ham ega boʻladi.
DreamWorks Animationʼning Shrek franshizasi 2001-yilda boshlangan boʻlib, botqoqlikda yashovchi, malika Fionaning paydo boʻlishi bilan hayoti keskin oʻzgarib ketadigan maxluq haqida hikoya qiladi. Franshiza namoyish etilgan kundan boshlab shu kunga qadar dunyo boʻylab 3 milliard dollar yigʻgan.