/
/
Silk Avia Buxoro va Urganchga aviareyslarni yoʻlga qoʻyadi
23.08.2024

Silk Avia Buxoro va Urganchga aviareyslarni yoʻlga qoʻyadi

Bir tomonga chipta narxi 308 ming soʻmdan boshlanadigan parvozlar haftada bir marta — har shanba kuni amalga oshiriladi.

Silk Avia Buxoro va Urganchga aviareyslarni yoʻlga qoʻyadi

Silk Avia aviakompaniyasi Buxoro-Urganch yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilishi haqida maʼlum qildi.

ATR 72−600 samolyotlarida parvozlar haftada bir marta — shanba kunlari, 7-sentyabrdan boshlab amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

  • Buxorodan joʻnab ketish — 09:40, Urganchga yetib kelish — 10:55;
  • Urganchdan uchish — 11:35, Buxoroga yetib kelish — 12:40.

Bir tomonlama aviachiptalar narxi 308 ming soʻmdan, Buxoro–Urganch–Buxoro yoʻnalishida esa 616 ming soʻmdan boshlanadi. 

Chiptalarni aviatashuvchining silk-avia.com sayti va Silk Avia ilovasida xarid qilish mumkin. Shuningdek, chiptalarni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining savdo filialida va xalqaro aeroportlarning chiptalar kassalarida ham olish mumkin.