/
/
Silk Avia Toshkentdan Qoʻqonga har kuni aviareyslar amalga oshiradi
13.07.2024

Silk Avia Toshkentdan Qoʻqonga har kuni aviareyslar amalga oshiradi

Endi ATR-72 rusumli samolyotlarda Toshkentdan Qoʻqonga yetib olish mumkin. Aviareyslar har kun amalga oshiriladi. Bir tomonga chipta narxi 260 ming soʻmdan boshlanadi.

Silk Avia Toshkentdan Qoʻqonga har kuni aviareyslar amalga oshiradi

Silk Avia kompaniyasi Toshkent–Qoʻqon yoʻnalishida har kunlik aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Dushanbadan shanbagacha:

  • Toshkentdan uchish: 16:15, Qoʻqonga yetib borish: 17:15;
  • Qoʻqondan uchish: 17:55, Toshkentga yetib borish: 18:55.

    Yakshanba kunlari:
  • Toshkentdan uchish: 16:50, Qoʻqonga yetib borish: 17:50;
  • Qoʻqondan uchish: 18:30, Toshkentga yetib borish: 19:30.

Toshkentdan Qoʻqonga chipta narxi 260 ming soʻmdan boshlanadi. Toshkent–Qoʻqon–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha chiptalar narxi 520 ming soʻmdan boshlanadi.

Chiptalarni www.silk-avia.com saytida, Silk Avia ilovasi orqali, Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida hamda Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.