Singapur haqida 20 ta fakt: juda qimmat va g'ayrioddiy shahar
Singapur ajoyib kontrastlar shahri. Hashamatli restoranlar va do‘konlar, ko‘chalar o‘rniga afsonaviy bog‘lar va dunyodagi eng boy farroshlar. Bu Singapur haqida to‘plagan ma'lumotlarimiz spoyleri xolos.
Politsiya xodimlari kam, lekin robot-itlar bor
Singapurda xavfsizlik borasida hammasi yaxshi, jinoyatchilik, tilanchilar va yirik shaharlarning boshqa kamchiliklari deyarli yo'q. Shu sababli, ko'chalarda politsiyachilar kamroq va ijtimoiy masofani kuzatish uchun robot-itlar ko'proq.
Ovqatlanish milliy sport turi sifatida
Mahalliy taomlarni shunchalik yaxshi ko‘radilarki, Singapurda tanishuv paytida odatiy ‘‘Ishlar qalay” emas, balki ‘‘Bugun ovqatlandingmi?” degan savol bilan murojaat qilishadi. Singapur oshxonasi bilan tanishish uchun eng yaxshi joy Xoker markazidir. U dunyoning turli oshxonalarining aralashmasiga o‘xshash ulkan ko‘cha fudkortidir: Xitoy oshxonasidan tortib ingliz oshxonasigacha topsangiz bo‘ladi.
Chili-krabsiz kun yo‘q
O‘zbekistonda asosiy taom palov bo‘lsa, Singapurda dunyodagi eng mazali gastronomik diqqatga sazovor joylar ro‘yxatiga kiritilgan chili-krab hisoblanadi. Odatda u qisqichbaqadan (quruqlikda yashaydigan), pomidor sharbatida va chili qaylasi qo‘shilgan holda tayyorlanadi.
Qimmatbaho restoranlar
Singapurliklar qimmat va dabdabali restoranlarni oddiy fudkortlar kabi yaxshi ko'radilar. Ha, bu dam olish kunlari vaqtini o‘tkazishning o‘ziga xos turi: dengiz mahsulotlari, mini-piroglar yoki shved stollari bilan mashhur joyga tashrif buyurish uchun shaharning boshqa qismiga borish. Branch/tushlik yoki kechki ovqat paytida selfi qilishni unutmang.
Tug‘ruq sug‘urtasi
Singapurda tug‘ruqni sug'urtalash juda muhim: u kutilgan homiladorlikdan bir yil oldin olinishi kerak. Siz kamida ikki yillik sug'urta uchun to'laysiz, summa ham shunga mos tarzda bo‘ladi.
Diqqatga sazovor joylar ro'yxatidagi maxfiy barlar
Singapurning etnik kvartallari va asosiy diqqatga sazovor joylaridan tashqari, maxfiy barlar ham tashrif buyurishi kerak bo'lgan joylar ro'yxatiga kiritilgan. Misol uchun, uch qavatli Marquee klubi, g'ildirak va lift o'rniga quvurdan iborat.
Ko‘chmas mulkni sotib olish - viza olish kafolati emas
Agar siz Singapurda kvartira sotib olsangiz, bu viza masalasida hotirjam bo‘lish uchun sabab emas. Ko‘chmas mulkni sotib olish qimmat ishchi vizasini olish huquqini bermaydi. Nima desamikin, ko‘chmas mulk faqat mahalliy aholining 10% da mavjud.
Yil bo‘yi sauna
Yozda Toshkentning jaziramasiga shikoyat qilsangiz, singapurliklar faqat kulib qo‘yishadi. Bu shaharda termometr ustunlari yil davomida +30 daraja atrofida bo‘ladi. Bu namlik 80% dan yuqori bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Ammo yomg‘ir juda ko‘p
Singapur yiliga o'rtacha 170 ta yomg‘irli kun qayd etiladi. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Aeroport o‘rniga botanika bog‘i
Singapurdagi Jewel Changi aeroporti sayohatchilar yig‘iladigan joydan ko‘ra ko‘proq Botanika bog‘iga o‘xshaydi. Minglab daraxtlar, yo‘llar, yomg‘ir suvlari va dam olish uchun yolg‘iz qolish. Asosiy fishka - gumbaz shaklida yasalgan po‘lat va shishadan yasalgan fasad. San’at obyektlari, osma ko‘prik, oyna labirintlari va ko‘plab ko‘ngilochar narsalar - bu tabiiy hol.
Ekologiya hammasidan ustun
Singapur bir necha bor dunyoning eng ekologik toza shaharlari qatoridan joy olgan. Shuning uchun ham. Shaharning uchdan bir qismi o‘tlar bilan o‘ralgan, bog‘lar, maydonlar va tabiiy dam olish maskanlarining soni barcha sayyohlarni hayratda qoldiradi. Bunga bog‘-devorlarini, binolardagi yashillikni, tomlardagi o‘simliklar va gullarni qo‘shing. Ertaknamo bog‘!
Singapurda saqich chaynaganlik uchun ham jarimaga tortilish mumkin
Shahardagi jarimalar tizimi haqiqatan ham jiddiy. Belgilanmagan joyda saqich chaynash, yerga tupurish, chekish, chiqindi tashlash, jamoat transportida ovqatlanish uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu jarimalar aysbergning faqat uchidir.
Sog‘lom turmush tarzi trendi
Hatto Singapur hukumati fuqarolarni sog'lom turmush tarzi yo'lini tanlashga undamoqda. Kalyan, tabak va elektron sigaretalar taqiqlanadi. Spirtli ichimliklarni faqat 22:30 ga qadar Farid qilish mumkin, tarkibida spirtli ichimliklarni o'z ichiga olgan shirinliklar ham shular qatoriga kiradi.
Sport ta’lim elementi sifatida
Singapurda yomon odatlardan voz kechish bilan bir qatorda sportning ahamiyati ham doimiy ravishda tilga olinadi. Shaharning deyarli har bir rayonida bepul jismoniy mashqlar bilan sug‘ullanish uchun maxsus joylar mavjud.
Sog‘lom ovqatlanish uchun ballar
Singapurliklar nafaqat an’anaviy oshxonani, balki ‘‘toza” va sog‘lom taomlarni ham yaxshi ko‘radilar. Agar siz "Sog‘lom turmush tarzi” toifasidagi mahsulotlarni sotib olsangiz, siz maxsus ilovada ball olasiz. Ularni keyingi sneyk paytida sarflashingiz mumkin. Ammo faqat sog‘lom taomlarga.
Omad - hayotdagi eng muhim qadriyat
Bu hazil emas. Singapurliklar hatto maxsus Five Cs of Singapore abbreviaturasidan foydalanadi. Bunga naqd pul, avtomobil, kredit karta, barcha qulayliklarga ega shaxsiy uy (kondominium), nufuzli klubga a'zolik (klubga a'zolik) kiradi.
Kam mashinalar
Shaxsiy avtomobil singapurlikning muvaffaqiyat ko‘rsatkichi bo‘lishiga qaramay, shaharda mashinalar nisbatan kam. Buning sabablari bor: ‘‘prava" olishning qimmatligi va murakkabligi, tirbandliklar, shuningdek, jamoat transportining yaxshi rivojlangan tizimi.
Qabriston rayonlari
Bu qo‘rqinchli tuyulishi mumkin, ammo Singapurning ko‘plab yotoqxonalari eski, yarim vayrona qabristonlar o‘rnida qurilgan. Shaharning juda yuqori sur’atlarda rivojlanishi sababli hukumat ularning ko‘pchiligini buzib tashlashga majbur bo‘ldi. Odamlarning yashashga joyi yo‘q edi.
Tozalovchilarning oylik maoshi oyiga 1000 dollardan oshadi
Bu lavozimga odatda ‘‘Osiyo durdonasi”ni zabt etishga qaror qilgan muhojirlar qabul qilinadi. Bu odamlar Singapurdagi eng qashshoq, ammo o‘z vatanida juda boylardir. Shuning uchun ham ko‘p odamlar ko‘chada yashaydi va topgan pullarini yig‘ib oladi.
Dunyodagi piyodalar tez yuradigan shahar
Noodatiy tadqiqot natijalari bilan britaniyalik professor Richard Uayzman o‘rtoqlashdi. U dunyoning 32 mamlakatini o‘rganib chiqdi va eng tez piyodalar yuradigan shaharlarning qisqa ro‘yxatini tuzdi. Taxmin qilganingizdek, birinchi o‘rinda Singapur turibdi.