верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Soʻnggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi
27.07.2024

Soʻnggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi

Soʻnggi Chevrolet Lacetti avtomobili ishlab chiqarildi

26-iyul kuni UzAuto Motors Asaka zavodi konveyeridan 487 104 chi Chevrolet Lacetti ishlab chiqarildi. U tarixda soʻnggi Lacetti (Gentra) boʻlib muhrlandi.

2013-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan Lacetti ilk yillarda 11 222 dona ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 89 565 donaga yetdi.

Taʼkidlanishicha, oʻtgan 10 yil davomida Gentra koʻplab avtomobil ixlosmandlari uchun ishonchli va qulay avtomobil boʻlib xalq avtomobiliga aylanib ulgurgan.

U avtomobil bozorida oʻz oʻrni hamda mavqeini mustahkamlab, xalq qalbidan munosib oʻrin oldi. Buning uchun mijozlar va hamkorlarga minnatdorchilik bildirilgan.

UzAuto Motors oʻtgan yil oxirida 2024-yildan Lacetti-Gentra rusumidagi avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatishini eʼlon qilgandi. Kompaniya buni GM kompaniyasining global savdo siyosati bilan izohlagan.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.